Telegram asoschisi Pavel Durov bir kun avval rus tilidagi qator kanallar nega bloklangani yuzasidan tushuntirish berdi.
Uning yozishicha, Telegram Apple so‘roviga binoan Belarus bilan bog‘liq bo‘lgan, umumiy soni 80 ming obunachiga teng bir nechta rus tilidagi kanallarni bloklagan. Yana bir qancha shunga o‘xshash kanallar ma’murlari Telegram jamoasidan Apple siyosatini buzayotganliklari haqida ogohlantirish olgan.
Kanal adminstratorlari bunday ogohlantirishlarni iloji boricha jiddiy qabul qilishlari va yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar takrorlanmasligi uchun harakat qilishlari kerak. Aks holda, App Store va Google Play orqali yuklab olinadigan Telegram versiyalarida ularning kanallari bloklanadi. Boshqa mobil ilovalarga murojaat qilinganda ham, bunday harakatlar kirish cheklovlaridan qochishga yordam bermaydi. Chunki Telegram kabi boshqa har qanday mobil ilovadan ham qoidalarga rioya qilish talab qilinadi.Kecha bir necha marotaba qoidabuzarlikdan so‘ng himoyasiz odamlarni otib tashlashga chaqiruvchi rus tilidagi kanalni bloklashga majbur bo‘ldik. Moderatorlarimiz dastlab o‘sha post haqida kanal ma’murlariga murojaat qildi. Bunday kontentga yo‘l qo‘yilmasligi haqida bildirishnoma yuborilgandan so‘ng kanal egalari o‘sha xabarni o‘zlari olgan ogohlantirishning skrinshoti bilan qayta joyladi. Telegram qoidalarida zo‘ravonlikka ommaviy chaqiriqlar taqiqlanadi. Qoidalarni takroriy buzish esa kanalni o‘chirib tashlashga sabab bo‘ladi, — deydi Durov.
Izoh (0)