Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Markaziy bankning FinLit loyihasi firibgarlik turlaridan biri — fishing va undan himoyalanish usullari haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Fishing — bu firibgarlikning bir turi bo‘lib, uning maqsadi foydalanuvchining maxfiy ma’lumotlari — login va parollarni qo‘lga kiritishdir.

Bunga ommaviy elektron pochta shaxsiy xabarlarini yuborish orqali erishiladi.

Fishingga olib kelishi mumkin bo‘lgan 5 ta keng tarqalgan xatolar:

  • antiviruslardan foydalanmaslik;
  • elektron pochtaga kelgan noma’lum xabarlarni ochish;
  • saytning manzil satrini tekshirmaslik;
  • xavfsiz bo‘lmagan sahifalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish;
  • barcha to‘lovlar uchun bitta bank kartasidan foydalanish.

Bu xatolarga yo‘l qo‘ymaslik orqali firibgarlikdan himoyalanish mumkin.

Avvalroq O‘zbekistonda keng tarqalgan onlayn firibgarlik sxemalari ma’lum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi