Nyu-York yana dunyodagi eng yirik moliya markazlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Nyu-York 4 yil oldin Londonni ortda qoldirgan va shundan buyon peshqadamlikni boy bermagan. Mart oyida e’lon qilingan oldingi reyting bilan solishtirganda, Nyu-York 760 ball bilan yetakchilikka erishdi, London esa 731 ball bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
Singapur kuchli uchlikni yakunlab, Gonkongni to‘rtinchi o‘ringa chiqdi va Londonga besh ball yaqinlashdi.
San-Fransisko — beshinchi, Shanxay — oltinchi, Los-Anjeles — yettinchi, Pekin — sakkizinchi, Shenchjen — to‘qqizinchi, Parij esa kuchli o‘ntalikni yakunladi.
Sidney birdaniga 10 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, 13-o‘rinni egalladi, Berlin 16 pog‘onaga tushib, 26-o‘rinni egalladi.
Indeksdagi eng keskin pasayish birdaniga 26 pog‘onaga pastlab, 95-o‘ringa tushib ketgan Jakarta tomonidan namoyon bo‘ldi.
Moskva Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoning Praga, Varshava va Ostona kabi moliyaviy markazlariga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi.
Jahon moliya markazlari indeksi birinchi marta 2007-yilda nashr etilgan va har olti oyda yangilanadi. So‘nggi reyting 11,9 mingdan ortiq respondentlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma asosida tuzilgan.
Avvalroq dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar ma’lum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)