Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonning qator hududlarida haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Xususan, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Urganch tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro S. I. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 700 dollar va 1,1 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Vatanparvar” tashkiloti tasarrufidagi Guliston shahri o‘quv sport texnika klubi o‘qituvchisi T.K. fuqarolar I.B. va Q.U.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 600 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro U.T. boshqa bir fuqaro Sh.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilib, evaziga 6 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi