Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Uzbekistan Airways’ning 2022-yilning birinchi yarmidagi umumiy daromadi 5 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda “Daryo”ga kompaniya moliyaviy hisobotidan ma’lum bo‘ldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum bo‘lishicha, Uzbekistan Airways qariyb 1 trln so‘m daromadni valyuta kursi farqidan olgan. Xuddi shu farqdan 1,5 trln so‘mga yaqin zarar ham ko‘rilgan. 

Kompaniyaning sof foydasi yanvar—iyun oylarida 194,3 mlrd so‘m tashkil qildi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning shu davrida kompaniya 8,5 mlrd so‘m zarar ko‘rgan edi.

Foydaning keskin o‘sishi O‘zbekiston va jahonda pandemiya bilan bog‘liq cheklovlarning yumshatilgani bilan izohlanadi.

Avgust oyi oxirida Uzbekistan Airways aviachiptalarni qayta rasmiylashtirish xizmatini yo‘lga qo‘ygan edi.

Avvalroq O‘zbekistonda yil boshidan beri mahalliy parvozlar narxi sezilarli darajada oshgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi