Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent viloyati Piskent tumanida daraxtlarga ommaviy qirg‘in keltirilayotgani haqida xabar tarqaldi. Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi holatga izoh berdi.
Qayd etilishicha, murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilgan. O‘rganishlar davomida Piskent tumani davlat o‘rmon xo‘jaligining Angren bo‘limi 69-kvartalida tol manzarali daraxtlari O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining tegishli buyruqlariga asosan 7-mart kuni 42 tup tol daraxtini qayta tiklash hamda shu yil 8-iyulda 51 tup ayni shu turdagi daraxtlarni esa sog‘lomlashtirish ishlari olib borilgani ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, hudud qaytada ko‘zdan kechirilganda qayta tiklash hamda sog‘lomlashtirish ishlari olib borilgan daraxtlardan tashqari boshqa mavjud daraxtlarga ziyon yetkazilmagani aniqlangan.
Davlat O‘rmon xo‘jaligi mas’ullarining bildirishicha, bu kabi amaliyotlar shu paytga qadar ham tizimli ravishda o‘tkazilb kelinmoqda. Buning natijasida tol daraxtlarining o‘suvchanligi yanada oshishi kuzatiladi. Ushbu hududdagi tollarning ham hozirda rivojlanishi yaxshi bo‘lib, doimiy agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda.
Izoh (0)