Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ijtimoiy tarmoqlardagi hajviy roliklari bilan xalqimizga yaxshi tanish bo‘lgan Ozod Shukrulloyev “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida “Stand up shou” nomli konsert dasturini taqdim etdi. E’tiborlisi shundaki, mazkur dastur katta saroyda namoyish etilgan ilk o‘zbek stand up’i hisoblanadi. Ijodkorning taklifiga ko‘ra, “Daryo” muxbirlari konsertga borib, foto va videoreportaj tayyorladi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

— Hayajon bor, ammo bu birinchi kulgidan keyin yo‘qoladi. Bu yilgi konsertda odamlar kutgan kuy-qo‘shiq va oilaviy chiqish ham bor. Ya’ni partnyorim Maftuna va Indira bilan birga ajoyib nomer tayyorlaganmiz, — deydi Ozod Shukrulloyev.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ijodkorni qo‘llab-quvvatlash uchun qiziqchi Zokir Ochildiyev va Elmurod Haqnazarovlar tashrif buyurib, unga omad tilashdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Dizayn” jamoasining a’zosi Elmurod Haqnazarov  hamkasbiga omad tilab, uning hazillarini oilaviy tomosha qilish mumkinligini alohida ta’kidladi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ozod Shukrulloyevning do‘sti va doimiy hamkori Islom Karimov dasturga boshlovchilik qildi. U do‘sti konsert uchun bir yilga yaqin tayyorgarlik ko‘rgani va keyingi konsert bundan-da katta saroyda bo‘lishini tiladi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Indira Miftaxova esa Ozod Shukrulloyev bilan ko‘rsatuv sabab tanishgani, u nafaqat yaxshi plastik jarroh va qalamkash ekanligini ham ta’kidlab o‘tdi.— Ozod Shukrulloyev yaxshi inson va mehnatkash ijodkor. U bir necha yil avval “Uchinchi konsertim ‘Xalqlar do‘stligi’ san’at saroyida bo‘ladi”, deganda hayron bo‘lgandik. Haqiqatan ham shunday bo‘ldi. Undan avvalga ikkita konserti ham “bomba” bo‘lgandi. Quvonarlisi, konsertga nafaqat yoshlar, balki ko‘pni ko‘rgan nuroniy insonlar ham tashrif buyurishgan, — deydi Indira Miftaxova.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ozod Shukrulloyev avvalgi dasturlaridan farqli ravishda bu gal qo‘shiqlar ham ijro etdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Uning bu galgi konserti “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida o‘tkazilgan ilk stand up bo‘lishiga qaramay, zal tomoshabinlar bilan to‘ldi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ijodkorning navbatdagi hazillari ham Buxoroda o‘tgan bolaligi, ota-onasi va Toshkentga kelgan kunlari bilan bog‘liq bo‘ldi. Gap-so‘zlari xalqona bo‘lgani uchun tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulasha oldi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ozod Shukrulloyev partnyori Maftuna Shokirova bilan katta sahnada oilaviy komediyani namoyish etishdi. Ya’ni internetga mukkasidan ketgan er va undan e’tibor kutayotgan ayol.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Indira Miftaxova Maftuna Shokirova bilan serial syomkasida tanishib qolgani va shevada yaxshi gaplasholgani uchun uni hamkorlikka taklif etganini ta’kidlab o‘tdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

— Menga pitssa olib berganidan keyin ekrandagi baxti ochilib, omadi yurishib ketdi. Bo‘lmasa, bu rolga boshqa aktrisani olishim ham mumkin edi, — deb kuldi Indira Miftaxova.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Konsert avvalidagi chiqishlarda Ozod Shukrulloyevning qattiq hayajonda ekanligini sezish qiyin emasdi. Shu boisdanmi, bu chiqishlar unchalik qiziqarli emasdek tuyuldi. Ammo teatrlashgan tomoshadan keyin Ozod Shukrulloyevning hazillari barchaga manzur bo‘ldi. Haqiqatan uning chiqishlarini bemalol oilaviy tomosha qilish mumkin.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Videoni to‘liq holda “Daryo”ning YouTube’dagi kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Mavzuga doir:

Nargiza Salmonova erining roziligi bilan “Bravo” a’zosi bo‘lgani, afsuslangan roli va Turkiya kinosidagi puxtalik haqida (video)

Gul o’rniga pitssa olgan hamda sahnada ustidan suv quyilgan Yorqinxo’ja Umarovning konsertidan reportaj (foto, video)

“Qizil olma”dan “Sanamgina”gacha: Yulduz Usmonovaning “80—90-yil хitlari” konsert dasturidan reportaj (foto va video)

Musiqiy bilimga ega bo‘lmagan, kliplari hech qachon telekanallarda ko‘rsatilmagan yulduz. Jaloliddin Ahmadaliyevning ilk yakkaxon konsertidan reportaj (foto, video)

Sahnani qo‘riqlayotgan Halima va Mansur Agaliyevning ko‘z yoshlari. Yulduz Usmonovaning konsertidan reportaj (video)

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi