Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Menda qolmadi dil”, “Yor bizdan ketdi” va “Xavotirdaman” qo‘shiqlari bilan tinglovchilar ko‘nglidan joy olgan xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev 7–8-iyun kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. “Daryo” muxbirlari konsertga tashrif buyurib, video va fotoreportaj tayyorlashdi.

Jaloliddin Ahmadaliyev kim? U ijodni qachondan boshladi? Bu savol ko‘pchilikni o‘ylantirishi aniq. Chunki  qo‘shiqlari xalq tiliga tushgan bo‘lishiga qaramay, u haqidagi ma’lumotlar juda oz. Shu bois reportajni boshlashdan avval xonanda haqida biroz ma’lumot berib o‘tsak.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Jaloliddin Ahmadaliyev 1992-yil 12-sentabr kuni Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida dunyoga kelgan. Jaloliddin Ahmadaliyev “Ona, seni unutganim rost”, “Yor bizdan ketdi”, “Menda qolmadi dil”, “Tuproqdan bo‘lgansan, tuproq bo‘lasan”, “Eh jo‘ralar”, “Xavotirdaman”, “Dadamning soyasida” kabi qo‘shiqlari bilan mashhurlikka erishgan. Ammo xonanda musiqa bo‘yicha tahsil olmagan. Oilasidagi moddiy qiyinchiliklar sabab 18 yoshida Rossiyaga ishlagani ketgan. Undan so‘ng Toshkent va Farg‘onada santexnik usta va kosib bo‘lib ishlagan. Oilali, Ahmadali ismli o‘g‘li bor.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Konsert boshlanishidan avval xonanda otasi va amakisidan duo oldi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Odatda xonandalar kamida 4-5 yil ijod qilgach, yakkaxon konsert dasturlarini o‘tkazishadi. Ammo Jaloliddin Ahmadaliyev bu borada rekord natijani qayd etdi. Chunki uning ilk qo‘shig‘i 2021-yilning 16-iyun sanasida YouTube tarmog‘iga joylangandi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uning qo‘shiqlari  internet tarmog‘idan eng ko‘p izlanadigan o‘zbek taronalari hisoblanadi. Masalan, sakkiz oy avval YouTube tarmog‘iga joylangan “Yor bizdan ketdi” klipi 34 million,   “Sog‘indim” qo‘shig‘i 25 million marotaba tomosha qilingan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Hech bir dastur o‘z-o‘zidan sahna yuzini ko‘rmaydi. Uning ortida og‘ir mehnat, asabbuzarlik va ko‘ngilsizliklar ham bo‘lib turadi. Jaloliddin Ahmadaliyev ham konsert oldi biroz asabiylashdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Konsertda “Bravo” kulgi jamoasining a’zolari Umid Umarov va Shahlo Zoirova qiziqchi Jamshid Normatov bilan boshlovchilik qilishdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Shu kungacha xonandaning 8 ta qo‘shig‘iga klip suratga olingan. Ammo ularning hech biri televideniyeda namoyish etilmagan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Xalq xizmatlarida faqat jonli kuylaydigan xonandaning ilk yakkaxon konserti ham to‘liq jonli ijroda o‘tdi. U hayajonlanishi, sozandalari yoki sahna akustikasining noto‘g‘ri ekanligini bahona qilmay, jonli ijroda konsert berishni uddaladi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Konsert ikki blokdan iborat bo‘lib, unda jami 20 ta qo‘shiq ijro etildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Mazkur konsert boshqa dasturlardan farqli ravishda rejissor, grimyor, raqqosa va bek-vokal ijrochilarisiz o‘tdi. Odatda xonandalar konsertlarida raqqosalar qo‘shiqqa mos raqslarga tushishini istashadi. Albatta, bu konsertning tomoshabopligini oshiradi. Ammo  yosh xonanda Jaloliddin Ahmadaliyevning konserti bularsiz ham fayzli o‘tdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Shahlo Zoirova xonanda Jaloliddin Ahmadaliyevning tarbiyali ekanligini qayta va qayta e’tirof etdi. Haqiqatan ham xonanda nogiron muxlisalari oldiga borib, gullarini qabul qildi. Boshqa muxlislar olib kelgan guldastalarning birortasini yerga qo‘ymadi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Jaloliddin Ahmadaliyevning konserti uchun nafaqat vodiydan, balki Qashqadaryo va Surxondaryodan ham muxlislar tashrif buyurishdi. Eng qizig‘i, yosh xonandaning konsert chiptalari kassada qolmagani bois  “qora bozor”da ikki barobar qimmatga sotildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Xonandaning onasi o‘g‘li uchun katta guldasta olib keldi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Xonanda konsert libosi ham oddiy bo‘lishini istagan ko‘rinadi. U boshqa hamkasblari singari qimmat brend kostyum-shimda sahnaga chiqmadi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Ona, seni unutganim” rost qo‘shig‘ini yig‘lab ijro etdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Bundan tashqari, xonanda xalq artistlari va ustoz san’atkorlar qo‘shiqlaridan ajoyib popurri ijro etdi. Muxlislar qo‘shiqqa miriqib raqsga tushishdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Dastur so‘ngida aksariyat muxlislar zalni tark etishmadi. Ularning nazarida, konsert oz bo‘lgandek edi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

— Jaloliddinning qo‘shiqlarini kuniga kamida bir marta eshitaman. Chunki uning ijodi o‘ziga xos. Konsertiga taklif etgandi, shuncha ishimni tashlab, boshlovchilik qilishga rozi bo‘ldim, — deydi “Bravo” kulgi jamoasi a’zosi Shahlo Zoirova.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Xonanda kliplarining rejissori Akrombek Nurullayev aktyor Sanjar Xolmurodov bilan. Bu aktyor Jaloliddin Ahmadaliyevning “Jo‘ralar” klipida suratga tushgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika yuborayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan mamlakat Mudofaa vazirligi izoh berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?