Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonda viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida tegishli xalq deputatlari Kengashi raisi lavozimini egallashi taqiqlanishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Tojiyev ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, Konstitutsiyaning 99-moddasiga quyidagi mazmundagi yangi qism kiritilishi taklif etilmoqda: “Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida tegishli xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas”.

Odiljon Tojiyev avgust oyining boshlarida Twitter’da tashkil etilgan audiochatda amaldagi Konstitutsiyada hokimlarga mahalliy kengash raisligining yuklanishi — kafolatlangan deputatlik o‘rnini keltirib chiqarayotganini aytib o‘tgandi.

“Tan olib aytish kerak, bir paytlar bu narsa kerak bo‘lgan, ammo hozirgi kunda u o‘z dolzarbligini yo‘qotdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham bu bo‘yicha ko‘plab e’tirozlar bildirildi, ya’ni hokim qanday qilib o‘zi hisobot beruvchi organga rahbarlik qilishi, sodda qilib aytganda, u o‘ziga o‘zi hisobot berishi mumkin? Konstitutsiyadagi shunga o‘xshash mantiqqa zid holatlarga barham berilmoqda”, — degan edi u.

Shuningdek, amaldagi Konstitutsiyaning 112-moddasiga ham yangi qism qo‘shilishi ko‘rib chiqilmoqda. Unga ko‘ra, davlat sudyaning va uning oila a’zolarining xavfsizligini ta’minlaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi