Davlat statistika qo‘mitasi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.
2022-yil 21-sentabr holatiga ko‘ra:
- suyakli mol go‘shti (1 kilogramm) 49 500 – 78 000 so‘m;
- qo‘y go‘shti (1 kilogramm) 58 000 – 91 000 so‘m;
- kartoshka (1 kilogramm) 2000 – 6000 so‘m;
- piyoz (1 kilogramm) 1500 – 5000 so‘m;
- sabzi (1 kilogramm) 1 500 – 5 000 so‘m;
- tuxum (10 dona) 7000 – 16 000 so‘m;
- guruch (1 kilogramm) 5000 – 25 000 so‘m;
- o‘simlik yog‘i (1 litr) 16 000 – 30 000 so‘m;
- shakar (1 kilogramm) 12 000 – 17 000 so‘m.
Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.
Izoh (0)