Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinning Ukrainadagi harakatlarini tushuntirib bera olmasligini aytdi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

“Menda bunga mantiqiy izoh yo‘q. Menimcha, bu mintaqadagi gegemonlik strategiyasi, COVID-19 oqibatlari, izolyatsiyadan keyingi holatning umumiy yig‘indisi bo‘lsa kerak”, — dedi u CNN’ga bergan intervyusida.

Makron Rossiyaning Ukrainada “maxsus operatsiya” o‘tkazish qarorini dastlabki yirik xato deb atadi.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan buyon Makron Putin bilan eng ko‘p muloqot qilgan xorijiy yetakchilardan biri hisoblanadi. 21-sentabr kuni Putin qisman safarbarlik e’lon qilganidan keyin Makron uning ushbu qarorini qoraladi.

“Urushni to‘xtatish uchun hamma Putinga maksimal bosim o‘tkazishi kerak. Uning safarbarlik qarori xato, bu rus xalqi uchun yomon yangilik bo‘ldi”, — degan Fransiya rahbari BMT Bosh assambleyasidagi nutqida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi