Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Fransiya Kilian Mbappe Millatlar Ligasining 5-turi doirasida Avstriyaga qarshi o‘yinda (2:0) o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Shu tariqa Mbappe Fransiya terma jamoasidagi gollari sonini 28 taga yetkazib, Yuriy Jorkaeffga yetib oldi (unda ham 28 ta gol mavjud).

Ikkala futbolchi endilikda 10-o‘rinni bo‘lishib turibdi. Kilian 28 ta gol urishi uchun unga 58 ta gol kifoya qilgan bo‘lsa, Jorkaeff esa 82 ta o‘yinda ushbu natijaga erishgan.

Fransiya terma jamoasining eng yaxshi to‘purari 51 ta gol bilan Tyerri Anri hisoblanadi. Ikkinchi o‘rinda esa Avstriyaga ikkinchi golni urgan Olivye Jiru bormoqda. Jiru hisobida 49 ta gol mavjud.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda noqonuniy yer oldi-sotdisi bo‘yicha rekord yangilanmoqda
Mahalliy
Namanganda Cobalt traktor tirkamasiga borib urilishidan ikki kishi halok bo‘ldi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi