Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Buxoroda paxta yig‘im-terimida paxtaning noqonuniy oldi-sotdisi hamda yashirin yog‘ ishlab chiqarish bilan bog‘liq qonunbuzarliklar aniqlandi. Holatni sodir etgan fuqarolarning xatti-harakati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov xabar berdi.

Foto: Buxoro viloyat IIB

Foto: Buxoro viloyat IIB

Ta’kidlanishicha, G‘ijduvon tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan “Paxta-2022” yig‘im terimi mavsumida paxta xom ashyosini talon-taroj qilishning oldini olish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, tumanning “Vazirshoh” hamda “Chag‘dari” mahallalarida yashovchi Sh.M., R.S. va Sh.J. ismli uch nafar fuqaro ISUZU rusumli yuk mashinasida jami 6000 kilogramm paxta xom ashyosini viloyatga olib ketayotganligi aniqlangan.

Foto: Buxoro viloyat IIB

Foto: Buxoro viloyat IIB

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida, ushbu shaxslar paxta xom ashyosini Navoiy viloyati Qiziltepa tumani “G‘oyibon” mahallasida yashovchi fuqaro Q.E.dan har bir kilogrammini 9000 so‘mdan sotib olgani ma’lum bo‘lgan.

Foto: Buxoro viloyat IIB

Foto: Buxoro viloyat IIB

“Paxta yig‘im-terimi mavsumida yana shunday qoidabuzarliklar biri Qorako‘l tumanida sodir etildi. Tumanning ‘Tojikent’ mahallasida yashovchi fuqaro J.R. fermerga topshirilishi kerak bo‘lgan paxtani o‘z xonadoniga olib kelgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan uning yashash manzili ko‘zdan kechirilganda, molxonasida 230 kilogramm paxta, 6 kilogramm chigit va paxtadan chigitni tozalovchi qo‘lbola dastgoh borligi aniqlandi. U noqonuniy ravishda antisanitar ahvolda paxta yog‘ini ishlab chiqarishga uringan”, — dedi Shuhrat Jalolov.

Har ikkala holat yuzasidan surishtiruv hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi