Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Qayd etilishicha, departamentning Chiroqchi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, CH.B. MCHJ va “R.SH.” dehqon xo‘jaligi ta’sischisi J.A. tijorat banki filiali mas’ul shaxslari bilan oldindan til biriktirib, 40 nafar fuqaroning xabardorligisiz ularning nomiga ajratilgan jami 2,1 milliard so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Shuningdek, Shahrisabz tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.T.” dehqon xo‘jaligi rahbari T.B. hududiy tijorat banki filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari O.T. bilan o‘zaro til biriktirib, baliqchilikni rivojlantirish uchun ajratilgan 1 milliard so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.A.” fermer xo‘jaligi rahbari A.N. tijorat banki filiali mas’ul shaxslari bilan o‘zaro til biriktirib, forel baliqlarini yetishtirish uchun intensiv havza tashkil etish uchun ajratilgan 1,9 milliard so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Yakkabog‘ tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa X.N. MCHJ rahbari A.Q. bank filialidan ajratilgan 990 million so‘m kredit mablag‘ini hamda garov ta’minotiga qo‘yilgan Y.Y. MCHJga tegishli issiqxona binosining jami 304,3 million so‘mlik metall quvurlarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Guliston shahar bo‘limi tomonidan bank filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda S.T. MCHJ rahbari SH.Y. va boshqalar tijorat banki filialidan olingan 700 million so‘m kredit evaziga sotib olingan polietilen granulalarini sotib yuborib, kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
Dunyo
Xersonning ozod qilingan qismidan ilk kadrlar. Rossiya chegaralaridagi tirbandliklar. Urushning 217-kunidan fotoreportaj
Mahalliy
“Katta miqdordagi noqonuniy sigaretalar bojxona nazorati o‘rnatilmagan aylanma yo‘llardan olib o‘tiladi” — Davlat bojxona qo‘mitasi mutaxassisi bilan suhbat