Rossiya prezidenti Vladimir Putinning mobilizatsiya to‘g‘risidagi farmonida yopiq band bor bo‘lib, unda urushga million kishini safarbar qilish haqida yozilgan. Bu haqda Meduza xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, safarbarlik to‘g‘risidagi farmonning yettinchi bandida bir milliongacha odam armiyaga chaqirilishi mumkinligi aytilgan.
“Raqam bir necha marta tuzatilgan va oxir-oqibat millionga yetgan”, — deyiladi xabarda.
Kuni kecha ko‘pchilik prezidentning safarbarlik to‘g‘risidagi farmonining e’lon qilingan variantida 7-bandi yo‘qligiga e’tibor qaratdi. Keyinchalik unda “rasmiy foydalanish uchun ma’lumotlar” borligi ma’lum bo‘ldi.
Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, farmonning bu bandi “rasmiy foydalanishga” mo‘ljallangan. Uning mazmuni haqidagi yagona rasmiy ma’lumot shundan iboratki, unda armiyaga chaqirilishi mumkin bo‘lgan odamlar soni ko‘rsatilgan.
Izoh (0)