Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 23-sentabrda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 30,32 so‘mga ko‘tarilib, 11 010,33 so‘mni tashkil qildi. Yevro 52,47 so‘mga pastlab, 10 851,78 so‘m bo‘ldi. Rubl 2,47 so‘mga oshib, 183,58 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi ko‘tarilib, 10 980,01 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl kursi pastlagandi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket ikkinchi oy kamaydi. Bunga nima sabab bo‘lmoqda?
Izoh (0)