Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Navalniyning sheriklari Vladimir Putinning matbuot kotibi o‘g‘liga harbiy komissar nomidan qo‘ng‘iroq qilib, uni ertasi kuni soat 10:00 da harbiy xizmatga qabul qilish bo‘limiga ko‘rikdan o‘tish uchun taklif qilgani, ammo kichik Peskov buni rad etgani haqida xabar berilgan edi. Dmitriy Peskov ushbu holat yuzasidan izoh berdi.

Foto: Tvrain.ru

Foto: Tvrain.ru

Peskovning aytishicha, u Navalniyning sheriklari o‘g‘liga harbiy ro‘yxatga olish bo‘limi xodimlari nomidan qo‘ng‘iroq qilganidan xabardor.

“Men bu jamoaning materiallariga e’tibor qaratganim yo‘q, bu birinchisi. Ikkinchidan, men bu haqda bilaman, lekin ular suhbatning to‘liq matnini tarmoqqa joylashtirmaganini ham bilaman”, — deydi Peskov. Undan suhbatning to‘liq mazmunini bilish-bilmasligi haqida so‘ralganda Peskov bu haqda o‘g‘lidan bilib olganini bildirdi.

Ma’lumot uchun, bir kun oldingi suhbatda kichik Peskov bu masalani boshqa darajada hal qilishini aytgan edi.

“Agar siz mening janob Peskov ekanimni bilsangiz, u yerda bo‘lishim to‘g‘ri emasligini tushunishingiz kerak. Men nima sodir bo‘layotganini va qanday huquqlarga ega ekanimni tushunishim kerak. Ertaga meni harbiy xizmatga olib ketish, ishoning, sizga ham, menga ham kerak emas. Men o‘z vatanimni himoya qilaman, lekin u yerga borishimning maqsadga muvofiq ekanini aniqlab olishim kerak. Men sizga ba’zi siyosiy nyuanslar haqida gapiryapman”, — deb javob bergan Nikolay “harbiy komissar”ga.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi