Avstraliyalik yovvoyi tabiat bo‘yicha mutaxassislar Tasmaniyadagi plyajda o‘ndan ortiq yosh erkak kitlarning nima sababdan nobud bo‘lganini tahlil qildi. Bu haqda “Aif.ru” xabar bermoqda.
Yosh kitlarning o‘limi baxtsiz hodisa bo‘lishi mumkin.Ba’zi ekspertlarning fikriga ko‘ra esa, kitlar to‘dasi qirg‘oq chizig‘iga yaqin joyda oziqlanayotgan yoki biror kit ortidan adashib kelib qolgan bo‘lishi mumkin.Kris Karlion, biolog
Ma’lum bo‘lishicha, kitlar o‘limining eng keng tarqalgan sabablaridan biri bu baxtsiz hodisalardir. Masalan, ular qirg‘oqqa yaqin joyda oziqlanayotib biror baxtsiz hodisaga yo‘liqqan bo‘lishi mumkin.
Bu mintaqada kitlarning ommaviy qirg‘in qilinishi kamdan kam sodir bo‘ladigan hodisa. Lekin o‘ylab ko‘rilsa bu, albatta, ehtimoldan yiroq ham emas.2020-yilda Tasmaniya Avstraliya tarixidagi kitlarning eng yirik ommaviy qirg‘inini boshdan kechirgan. O‘shanda shtat g‘arbida 470 ta kit nobud bo‘lgan edi.Kris Karlion, biolog
Biroq ushbu qirg‘inning asl sababi sirligicha qolmoqda.
Izoh (0)