Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

FlyDubai Dubaydan Samarqandga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda, deb xabar beradi  Transport vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 21-sentabr kuni Samarqand xalqaro aeroportida ushbu aviakompaniyaning Dubay—Samarqand yo‘nalishida ilk qatnovni amalga oshiruvchi samolyoti tantanali ravishda kutib olinadi.

Aviakompaniya tomonidan Dubay—Samarqand—Dubay yo‘nalishda parvozlar haftaning chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

“Ushbu yo‘nalishda muntazam aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi Samarqand shahrining turizm salohiyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishi bilan ham ahamiyatlidir”, — deyiladi xabarda.

Ma’lmot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston va BAA o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni har ikki tomondan haftasiga jami 13 tani tashkil etmoqda. Parvozlar har ikki mamlakatning tayinlangan aviakompaniyalari Uzbekistan Airways, Fly Dubai, Air Arabia tomonidan amalga oshirilmoqda.

Bundan avval Rossiyaning “Yamal” aviakompaniyasi Samarqandga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ygani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Namangandan Dubayga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?