Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda pensiyani hisob-kitob qilishning yangi tartibi joriy etiladi, deb xabar bermoqda  Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, otasidan ham, onasidan ham judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarning boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 12 baravari miqdorida amalga oshirilishi belgilandi. Ilgari 10 baravari edi.

Shuningdek, pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 baravaridan 12 baravariga (ya’ni 3 million 888 ming so‘m) oshiriladi.

Natijada 352 ming nafar fuqaroning pensiya miqdori qayta hisob-kitob qilinib, o‘rtacha oylik pensiya miqdori 400 ming so‘mgacha oshadi. Shulardan, 304 ming nafari yoshga doir pensiya oluvchilar, 25,2 ming nafari nogironligi bo‘lgan shaxslar va 23 ming nafari boquvchisini yo‘qotgan shaxslardir.

Ushbu tartiblar 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 324 ming so‘mni tashkil etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Qatarlik investorlar “Manchester Yunayted”ni sotib olishga jiddiy kirishgan. Bu ularga 8 mlrd funtdan ko‘proqqa tushishi mumkin
Dunyo
Kim Chen In qizi va rafiqasi bilan armiya komandirlarining qarorgohiga tashrif buyurdi (foto)
Mahalliy
BMT Termizdan Afgʻonistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini joʻnatdi