Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Boks bo‘yicha super og‘ir vazn toifasida WBA, WBO va IBF kamarlari sohibi Oleksandr Usikning (20-0, 13 KO) boyligi hisoblab chiqildi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Marca’ning xabar qilishicha, ikki yil avval ukrainalik bokschining boyligi 4 million dollarni tashkil etgan.

Entoni Joshuaga (24-3, 22 KO) qarshi dastlabki jang Usikka 13 million dollar keltirgan. Revanshdan keyin esa bokschining umumiy boyligi 52 million dollarga yetgan.

Qayd etish kerak, bu yerda Oleksandrning faqat kafolatlangan gonorarlari hisoblangan. 52 million dollarning ichiga reklama va TV-translyatsiyalardan tushgan daromad kirmagan.

Usik va Joshua o‘rtasidagi birinchi jang 2021-yilning sentabr oyida Londondagi “Tottenhem Hotspur” stadionida o‘tkazilgan. Revansh esa 2022-yilning avgustida Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo‘lib o‘tdi. Har ikki jangda Oleksandr ochkolar evaziga g‘alabani qo‘lga kiritgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi