Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Kreml Tojikistondan sovet artilleriya tizimlari uchun o‘q-dorilar sotib olishga intilmoqda va iste’fodagi harbiylarga Ukrainadagi urushga borishni taklif qilmoqda. Bu haqda The Insider nashri Ukraina Razvedka bosh boshqarmasiga tayanib xabar berdi.

Foto: UNIAN

Foto: UNIAN

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati harbiy o‘q-dorilarni taqdim etishni so‘rab Tojikiston Mudofaa vazirligiga murojaat qilgan.

“Gap ‘Uragan’ baravar o‘t ochish reaktiv tizimining 220 millimetrli reaktiv raketalari, ‘Pion’ o‘ziyurar artilleriya qurilmasining 203 millimetrgacha o‘q-dorilari hamda BMP-1 va BMP-2 uchun UTD-20 dvigatellarini taqdim etish haqida bormoqda. Ushbu o‘q-dorilar sovet artilleriya tizimlarida qo‘llaniladi”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, xabarda aytilishicha, “Tojikiston IIV xodimlari va iste’fodagi harbiylar Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma tuzish haqida takliflar olmoqda”.

“Tojikistonlik harbiylarga Rossiya tomonidan Ukrainadagi nizoda ishtirok etish taklif qilinmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ammo Tojikiston Mudofaa vazirligi Asia Plus nashri so‘roviga javoban bu axborotni rasman tasdiqlamadi ham, rad etmadi ham.

Vazirlikdagi manbaga ko‘ra, “bunday qarorlar va kelishuvlar idoraning oliy darajali vakillari tomonidan qabul qilinadi va oddiy xodimlar bunday ma’lumotlar bilan tanisha olmaydi”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Xarkovdagi Starlink antennasi, orkestr ostida safarbarlikka kuzatilayotgan rossiyaliklar. Urushning 215-kunidan fotoreportaj
Dunyo
Rossiyadan Osiyoga neft eksporti kamayadimi?
Madaniyat
Gollivud aktyori Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ldi