Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva marhum qirolicha Yelizaveta II vafoti munosabati bilan Qirollik oilasi va Buyuk Britaniya xalqiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda yuqori palata axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Oliy Majlis Senati

Foto: Oliy Majlis Senati

Qayd etilishicha, 12-sentabr kuni Tanzila Norboyeva Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi elchixonasiga tashrif buyurib, qirolicha Yelizaveta II ning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolariga va butun Buyuk Britaniya xalqiga O‘zbekiston xalqining hamdardligini yetkazgan.

Senat raisi elchixonadagi ta’ziyalar kitobiga hamdardlik so‘zlarini yozib qoldirgan.

Foto: Oliy Majlis Senati

Foto: Oliy Majlis Senati

“Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan qirolligi qirolichasi Yelizaveta II zoti oliyalarining vafoti munosabati bilan qirollikning mo‘tabar oila a’zolariga va butun Buyuk Britaniya xalqiga chin dildan hamdardlik tuyg‘ularimizni izhor etamiz”, — deyiladi Senat raisi ta’ziyanomasida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston konditsionerlarni eng ko‘p qaysi davlatga sotayotgani ma’lum bo‘ldi
Sport
“Barselona” transferlari uchun klublardan 142 million yevro qarz
Dunyo
AQSH tarixidagi eng qonli jinoyat, avtomobil sanoatida tub burilish yasagan “Tunuka Lizzi” va ko‘pxotinlikda ayblanib, ushlangan mormonlar yetakchisi. Kun tarixida...