Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi tadqiqotchilaridan iborat ekspeditsiya Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi G‘oz va Xatit-Qamish qishloqlari yaqinidagi Oqtosh tog‘larida arxeologik qidiruv va qazishma ishlari olib bordi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.

Foto: Madaniy meros agentligi

Foto: Madaniy meros agentligi

Ekspeditsiya G‘oz qishlog‘i yaqinidagi Oqtosh tog‘li hududida qidiruv ishlarini o‘tkazdi. Natijada hududdan bir o‘rkachli tuyaning o‘yilgan tasviri topildi. Tasvir yassi ohaktoshga o‘yilgan bo‘lib, o‘lchami 75 santimetr x 90 santimetr.

Ekspeditsiya a’zolari ushbu hududning etnografik-geografik ahamiyatini oshirish maqsadida mahalliy aholi o‘rtasida tadqiqot o‘tkazdi. Natijada qoyatosh tasvirlaridan tashqari, hududda tosh konlari joylashgani, mahalliy aholidan birining uyida qadimiy otning bosh suyagi to‘liq saqlanib qolgani haqida ma’lumot olindi.

Otning bosh suyagi qadimgi konlardan birida topilgani inobatga olinib, ushbu topilma paleoantologiya sohasidagi mutaxassislar uchun katta ilmiy qiziqish uyg‘otishi mumkinligi taxmin qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda tezlik pasaytirilishi kutilmoqda
Mahalliy
“O‘zbekona urf-odatlarga to‘g‘ri kelmaydigan raqs”. Navoiyda raqsga tushgan qizlarning ota-onalariga chora ko‘rildi (video)
Dunyo
Alla Pugachyova farzandlari bilan birgalikda Rossiyani tark etdi