Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qirolicha Yelizaveta II ning vafotidan keyin uning o‘g‘li Charlz III 10-sentabr, shanba kuni rasman taxtga o‘tiradi, deb yozadi “RBK”. Avvalroq marosim 9-sentabrda o‘tkazilishi xabar berilgandi.

Charlz III

Charlz III
Foto: Reuters

Charlz qirolichaning o‘limidan keyin, sobiq taxt vorisi sifatida, avtomatik tarzda qirolga aylandi. Biroq, Independent yozishicha, an’anaga ko‘ra, Valiahdlik bo‘yicha kengash tomonidan rasmiy marosim o‘tkazilishi kerak. Uning ishtirokchilari monarxning vafotidan keyin 24 soat ichida Sent-Jeyms saroyida yig‘ilishi kerak.

Shu safar bu kechroq amalga oshiriladi, deb yozadi gazeta, chunki tayyorgarlik uchun yetarlicha vaqt bo‘lmagan. Shu bilan birga Kengash qirolichaning o‘limidan keyingi birinchi parlament yig‘ilishiga qadar bo‘lib o‘tishi kerak, undan esa, o‘z navbatida, iloji boricha tezroq yig‘ilish talab qilinmoqda.

Tarixiy nuqtai nazardan, Valiahdlik bo‘yicha kengashda monarxning maslahatchilaridan iborat bo‘lgan Maxfiy kengashning butun tarkibi qatnashadi va yangi qirolning rasman taxtga o‘tqizilishini kuzatadi. Biroq ularning soni 700 dan ortiq bo‘lgani sababli, cheklovlar kiritilgan. Marosimda qatnashish uchun Maxfiy kengashning 200 nafar a’zosi taklif qilingan.

Qirolicha Yelizaveta II 96 yoshida Shotlandiyadagi Balmoral qasrida vafot etdi. Ungacha shifokorlar uning salomatligi yuzasidan xavotir bildirib, unga kuzatuv ostida qolishni tavsiya etgan edi.

Uning o‘g‘li, 73 yoshli shahzoda Charlz avtomatik tarzda qirolga aylandi va o‘ziga Charlz III nomini oldi.

Bukingem saroyiga o‘rnatilgan davlat bayrog‘i tushirildi, mamlakatda o‘n kunlik motam boshlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ham tut, ham oziq-ovqat ekish uchun aholiga 1-2 gektardan yer beriladi
Kino
“Qo‘zilar sukunati”, “Shindler ro‘yxati” va “Yomg‘ir odam”: qachonlardir “Oskar”ga munosib ko‘rilgan eng esda qolarli 10 ta film
Mahalliy
O‘zbekistonda tadbirkorlarga banklar ishtirokisiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri 130 mln dollar ajratiladi