Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

6-sentabr kuni Ukraina Qurolli kuchlari Xarkov yo‘nalishi bo‘yicha qarshi hujumga o‘tdi. Hujum nishoni — rus armiyasining ta’minotida muhim bo‘lgan Balakleya shahri edi. Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda qarshi hujum o‘tkazayotganiga shama qilgan. Rossiya nazoratidagi Berdyansk shahrida ma’muriyat binosi yonida portlash sodir bo‘ldi, oqibatda shahar harbiy komendanti Artyom Bardin og‘ir yaralandi. Amerika razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urush uchun Shimoliy Koreyadan millionlab raketalar va artilleriya snaryadlarini sotib olayotganini da’vo qilmoqda. MAGATE Zaporojye AES atrofida xavfsizlik zonasini yaratishga chaqirdi. Meduza urushning 195-kunidan asosiy suratlarni jamladi.

Xarkov

Ukrainalik qutqaruvchilar Rossiya raketalari zarbasidan vayron bo‘lgan turar joy binosida ishlamoqda. Xarkov viloyati rahbari Oleg Sinegubovning so‘zlariga ko‘ra, raketalardan biri besh qavatli binoning tomiga tegib, uchta qavatni butunlay vayron qilgan. Sinegubovning qo‘shimcha qilishicha, ushbu uyda yashovchilarning aksariyati ko‘chirilgan, qurbonlar yo‘q.

Foto: EPA

O‘t o‘chiruvchilar turar joy binosida zarbadan keyin yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirmoqda. Ikkinchi raketa, Oleg Sinegubovning so‘zlariga ko‘ra, ma’muriy bino hovlisiga kelib tushgan. Hech kim jabrlanmagan.

Foto: Reuters

Qo‘lida dengiz cho‘chqasini ko‘targan mahalliy aholi vakili. Aviazarbaga uchragan turar joy binosidan bir ayol qutqarib olindi. Ukraina rasmiylarining da’vo qilishicha, ruslar Xarkovni Belgorod viloyati hududidan o‘qqa tutgan.

Foto: AFP

O‘t o‘chiruvchilar raketa hujumidan vayron bo‘lgan uy o‘rnida ishlamoqda.

O‘t o‘chiruvchilar raketa hujumidan vayron bo‘lgan uy o‘rnida ishlamoqda.
Foto: Reuters

Yong‘inni o‘chirishga urinayotgan mahalliy aholi vakili.

Yong‘inni o‘chirishga urinayotgan mahalliy aholi vakili.
Foto: EPA

Xarkovlik kishi rus qo‘shinlarining raketa hujumidan vayron bo‘lgan ko‘cha bozori vayronalari orasida yuribdi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, 6-sentabrga o‘tar kechasi qilingan hujumda shahar chetidagi uy vayron bo‘lgan, 73 yoshli ayol halok bo‘lgan. Shuningdek, o‘sha tunda Xarkov shimolidagi Zolochiv posyolkasida ikki kishi otishma qurboni bo‘lgan.

Xarkovliklar Saltovkada ko‘ngillilar tarqatayotgan ovqat uchun navbatga turibdi. Shahar shimoli-sharqi rus qo‘shinlarining aviazarbalaridan katta zarar ko‘rgan.

Donbass shimoli

Slavyanskdagi uy xarobalari. 6-sentabr kuni rus qo‘shinlari shaharni o‘qqa tutdi, xususiy uy vayron bo‘ldi. Jabrlanganlar yo‘q. 7-sentabrga o‘tar kechasi ruslar Slavyanskka yana hujum qildi: maktab va turar joy binosiga zarar yetgan, vayronalar ostida odamlar qolgan bo‘lishi mumkin, deya xabar beradi mahalliy hukumat. 

Foto: AP Photo

Kramatorsk aholisi mahalliy munitsipalitet va Jahon oziq-ovqat dasturidan (BMTga tegishli) yuborilgan gumanitar yordam qutilarini tashimoqda. Kramatorsk logistika markazi bo‘lib, u urush boshidan beri Rossiya tomonidan o‘qqa tutilmoqda. Oxirgi otishma 3-sentabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan.

Donetskdagi DXR xalq militsiyasining avtomobil ta’mirlash bazasida turgan kishi. Uning yonidagi mashina tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ruslar Donetskda majburiy safarbarlik o‘tkazayotgani va erkaklarni hatto kasalxonalardan ham urushga olib ketayotganini da’vo qilmoqda – mahalliy aholi ham shunday demoqda. 6-sentabr kuni ukrain OAVlari Ukraina qurolli kuchlari Donetsk yaqinidagi rus armiyasi pozitsiyalariga hujum qilgani haqida xabar berdi.

Foto: “TASS”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Mahalliy
Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli t...
Dunyo
Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin