Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan restoranda yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumot berdi.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, 7-sentabr kuni soat 17:31 da Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasida joylashgan “Brasserie” restoranida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 17:40 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 17:51 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida restoran oshxonasining taxminan 50 kvadrat metr maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan. Yong‘indan binoning 200 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmadi. Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova