Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan restoranda yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 7-sentabr kuni soat 17:31 da Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasida joylashgan “Brasserie” restoranida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 17:40 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 17:51 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida restoran oshxonasining taxminan 50 kvadrat metr maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan. Yong‘indan binoning 200 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmadi. Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)