“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong jamoada qolishga qaror qildi.
Yarim himoyachi va uning agenti kataloniyaliklar bilan shartnomani qaytadan ko‘rib chiqish bo‘yicha muzokaralarga kirishishga tayyor, deya xabar beradi Diario Sport. Tomonlar muzokaralarning dastlabki bosqichiga qadam qo‘yishga yaqin.
25 yoshli futbolchiga “Manchester Yunayted” va “Chelsi” qiziqish bildirayotgani. Biroq niderlandiyalik futbolchi jamoada qolishni ma’qul ko‘rdi.
Avvalroq de Yongning agenti mijozi “Manchester Yunayted”ga o‘tishni xohlamayotgani, mankunianliklar uni sotib olishga behuda urinmasligini so‘ragandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)