Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahri markazidagi ko‘chada daraxtlar tomiri bilan ko‘chirilgani yuzasidan videolavha tarqaldi. Shahar hokimligi axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Xabarlarda “Oybek” mahalla fuqarolar yig‘ini Pahlavon Mahmud ko‘chasida tadbirkor tomonidan qurilish ishlari olib borilayotgani keltirilgan. Mazkur holat shahar hokimligi mutaxassislari hamda viloyat ekologiya boshqarmasining shahar bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘rganildi.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

O‘rganish jarayonida hududdagi manzarali daraxtlarga shikast yetkazilmagani, faqatgina mevali daraxtlar kesilgani aniqlandi.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

“O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 45-moddasi 4-bandiga asosan, yog‘och olish va mevalar yetishtirish uchun maxsus ekilgan, yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki bo‘lgan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma talab etilmasligi belgilangan.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Hozirda qurilish maydoni atrofidagi mavjud daraxtlar xatlovdan o‘tkazilib, ekologiya boshqarmasining Farg‘ona shahri bo‘limi tomonidan nazoratga olindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Audiosi tarqalgan Oqqo‘rg‘on tumani IIB sobiq xodimi ushlandi
Mahalliy
Yunusobod tumani hokimligi sobiq mansabdori fuqaroni 30 ming dollarga chuv tushirdi
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?