Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan “Ichki va xalqaro turizmning “Uchtepa—Buloqmozor” majmuasi arxeologik yodgorliklarini o‘rganish va ularni moviy osmon ostidagi muzeyga aylantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida Norin tumanida zardushtiylik davriga oid qadimiy ibodatxona aniqlandi.

Foto: Telegram / Nazokat Abduqunduzova

Foto: Telegram / Nazokat Abduqunduzova

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, akademik Ahmadali Asqarov boshchiligidagi ilmiy jamoa qazish ishlari davomida qadimgi tosh davriga oid, hududda zardushtiylik qarashlari va islom dinining keng tarqalishi bilan bog‘liq o‘ta noyob topilmalar hamda ibodatxonani kashf qildi.

Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilmiy va innovatsion faoliyatga oid dasturlarni shakllantirish va monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i Sh.Otajonov boshchiligidagi ishchi guruh tadqiqot olib borilayotgan obyektda bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Foto: Telegram / Nazokat Abduqunduzova

Foto: Telegram / Nazokat Abduqunduzova

Foto: Telegram / Nazokat Abduqunduzova

Foto: Telegram / Nazokat Abduqunduzova

“Biz qazishma ishlarini olib borishdan avval tepalik ostida qadimiy hukmdorning qabri va o‘sha davr an’analariga ko‘ra unga qo‘shib ko‘milgan boyliklar bo‘lsa kerak, deb taxmin qilgandik. Natijalar biz kutgandan ham a’lo bo‘ldi — qo‘lga kiritgan manbalarimizning ilmiy qimmati va ahamiyati beqiyos”, — degan akademik Ahmadali Asqarov.

Foto: Telegram / Nazokat Abduqunduzova

Foto: Telegram / Nazokat Abduqunduzova

Foto: Telegram / Nazokat Abduqunduzova

Foto: Telegram / Nazokat Abduqunduzova

Foto: Telegram / Nazokat Abduqunduzova

Foto: Telegram / Nazokat Abduqunduzova

Foto: Telegram / Nazokat Abduqunduzova

Foto: Telegram / Nazokat Abduqunduzova

Xabarda ta’kidlanishicha, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan va 2019—2020-yillarda amalga oshirilgan “Axsikent Qoraxoniylar davri (XI-XII asrlar) tarixiy topografiyasi va uning turizm obyektiga aylantirish” mazusidagi loyiha ham ijobiy yakunlangan edi.

Namangan viloyatida joylashgan bunday tarixiy yodgorliklar va ochiq osmon ostidagi muzeylar silsilasida turizm yo‘nalishlarini yaratib, O‘zbekistonning ichki va xalqaro miqyosdagi turistik salohiyatini yuksaltirish imkoniyati mavjud.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi