Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qarshi davlat universiteti hududidagi daraxtlar noqonuniy kesib tashlandi, deya xabar bermoqda “Ekologuz” Telegram-kanali.

Foto: “Ekologuz”

Foto: “Ekologuz”

2021-yilda, 2022-yil yanvar oyida qimmatbaho daraxtlarni noqonuniy kesilishi tufayli universitetda 238 million so‘m va 59 million so‘mdan oshiq davlatga zarar yetkazgan shaxslar ta’lim dargohining komendantlari va qorovuli bo‘lib chiqdi.

Universitet hududidan daraxt kesilishi yuzasidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasidan komissiya kelib, holatni o‘rgangan.

“Ammo o‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi 46 -sonli farmoni talablariga rioya qilinmagani ko‘rinadi. Ya’ni jarima va zararlar to‘g‘ri hisoblandimi?

Universitet ma’muriyatining daraxtlarni kesish borasidagi murojaatlariga 3-marta Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasidan rad javobi berilgan. Lekin baribir daraxtlar kesib tashlangan.

Eng achinarlisi, murojaatchidan universitetda 2022-yil 12-avgust holatiga ko‘ra yana qimmatbaho daraxtlarni noqonuniy kesilishiga yo‘l qo‘yilayotganligi haqida xabar keldi.

Qarshi davlat universitetida qimmatbaho daraxtlarning surunkali kesilishiga yo‘l qo‘yib berilayotganligi holati to‘xtatilishini va O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, prezident tomonidan ‘Yashil makon’ loyihasi doirasida qabul qilingan 2021-yil 31-dekabrdagi 46 -sonli farmonida ko‘rsatilgan har bir band bo‘yicha ekologiya inspektorlari va universitet mansabdorlarining xatti- harakatlariga huquqiy baho berilishini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi