Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ rahbariyati 16-avgust kuni Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida 2022—2026-yillarda amalga oshirishi lozim bo‘lgan muhim vazifa va rejalari haqida ma’lumot berdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

OKMK nodir va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi direktori Ilhom Asadovning aytishicha, prezident farmoni ijrosi yuzasidan 2022–2024-yillarga mo‘ljallangan “Olmaliq KMK” AJ “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi”ni rivojlantirish va yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish dasturi ishlab chiqilgan. “Dastur ijrosi bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

Jumladan, I yo‘nalish – nodir metallardan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy qiymati 28,6 million dollarlik 11 ta loyiha doirasida ishlar olib borilmoqda. Bu ishlar natijasida 23,4 million dollarlik mahsulot hajmi ishlab chiqiladi. Shundan 23,1 million dollarlik mahsulot eksport qilinadi va 165 ta yangi ish o‘rinlari tashkil qilinadi”,–deydi Ilhom Asadov.

Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda kombinat tomonidan Vazirlar Mahkamasining farmoyishi ijrosini ta’minlash borasida “Ingichka” volfram konining  texnogen chiqindilarini qayta ishlash, volfram konsentratini ajratib olish hisobiga yangi turdagi yuqori qo‘shilgan qiymatli eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish ishlari olib borilmoqda.

“Dasturga muvofiq, volfram  konsentrati kombinatning “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga yetkazib beriladi. Ushbu yo‘nalishda molibden ishlab chiqarishni oshirish ishlari 2022-yilning aprel oyida bajariladi. Natijada yiliga 400 tonna (17,2 million dollar) molibden ishlab chiqarilishiga erishiladi. Shuningdek, nodir metallardan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalari 2022-yilning oktyabr oyida ishga tushiriladi”, - deydi OKMK nodir va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi direktori.

Ilhom Asadovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur yo‘nalishdagi loyihalar amalga oshishi natijasida 11 ta mahsulot turlari (volfram 3 oksidi, volfram shtabigi, molibden shtabigi, volfram karbidi, VK, TK markali qattiq qotishmalar) ishlab chiqariladi.

“Dasturning II yo‘nalishi – mis asosida rangli metallarni qayta ishlash bo‘yicha umumiy qiymati 13 million dollarlik 3 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan. Ayni kunlarda ushbu yo‘nalishda birlashmada Germaniyaning “Falk Porshe Technik Gmbh” kompaniyasi bilan qo‘shma korxona tashkil etildi. Korxonada mis qotishmalarini (bronza, latun) ishlab chiqarish loyihasi 2023-yil noyabrda, misdan lenta va listlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi 2023-yil oktyabrda, mis va uning qotishmalaridan kukun ishlab chiqarish 2024-yil fevral oyida ishga tushiriladi. Natijada 7 ta yangi turdagi 258 million dollarlik mahsulot ishlab chiqarilib, 145 ta yangi ish o‘rni yaratiladi”, - deydi u.

Qo‘shimcha qilinishicha, ushbu yo‘nalishda shuningdek, “Falk Porshe Technik Gmbh” kompaniyasi bilan tashkil etilgan qo‘shma korxonada umumiy qiymati 19 million dollar bo‘lgan 4 ta loyiha ham amalga oshiriladi.

OKMK nodir va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi direktori bu haqda gapirar ekan, jumladan, shunday deydi: “Geokompozit materiallarni, kompozit shisha toladan mahsulotlarni ishlab chiqarish, kimyoviy chidamkor baklar va ventilyatsiya tizimlarini ishlab chiqarish, baklarni polimer material bilan qoplash, ruxlangan po‘lat simlar ishlab chiqarish kabi loyihalar 2024-yil avgust-noyabr oylarida ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur loyihalar ishga tushishi natijasida 36,4 million dollarlik 15 ta yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi va 155 ta yangi ish o‘rni yaratiladi”.

Dasturning III yo‘nalishi –ilmiy ishlanmalarga asoslangan texnologiyalarni joriy etish  bo‘yicha umumiy qiymati 8,7 million dollar bo‘lgan 9 ta loyihalar amalga oshiriladi. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi natijasida yiliga 26,6 milliard so‘mlik 12 ta mahsulot turi ishlab chiqariladi.

 

“Loyihani amalga oshirishda Janubiy Koreyaning KIRAM nodir metallar ilmiy ishlab chiqarish instituti bilan zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Shuningdek, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Umumiy anorganik ximiya instituti bilan qo‘shma ilmiy tekshirish laboratoriyasi tashkil etiladi. Bu maqsadlar uchun 1,2 milliard so‘m mablag‘ ajratish va ilmiy ishlar olib borish uchun yo‘l xaritalarini tuzish rejalari kelishib olindi”, – deydi Ilhom Asadov.

Dasturning IV yo‘nalishi – foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarida yangi quvvatlarni tashkil etishga oid loyihalar doirasida  umumiy qiymati 13,55 million dollar bo‘lgan 6 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

“Jumladan, yuqori issiqbardosh keramik mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi 2024-yil fevral oyida, Additiv texnologiyalar (3D printer) uchun kukun ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi 2023-yil noyabr oyida, qurilish uchun quruq aralashmalar ishlab chiqarishni tashkil etish  hamda yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan loyihalari 2023-yilning mart oyida ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Mazkur loyihalar ishga tushishi natijasida 90,58 million dollarlik mahsulot tayyorlanib, 277 ta ish o‘rni yaratiladi”,– deya qo‘shimcha qildi OKMK nodir va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi direktori.

2022–2025-yillarda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, eksportga yo‘naltirish, investitsiyalarni o‘zlashtirish, mahalliylashtirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 2022–2025-yillarda 3 trillion 536 milliard 600 million so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi. 182,8 million dollarlik mahsulotlar eksport qilinadi. Mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 1,5 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlanadi. E’tiborli jihat, 2022–2025-yillarda 385 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

“Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan 2022-yil yanvar-iyul holatiga ko‘ra, 238 milliard so‘mlik  sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan holda, reja 175,5 foizga bajarilganini alohida ta’kidlash joiz. 20,6 million dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, reja 357,7 foizga uddalangan.  Mahalliylashtirish dasturi doirasida 42 ta loyiha asosida 62 milliard 735 million 200 ming so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Birlashma tomonidan  joriy yilning 7 oyida ishlab chiqarishdan 115,8 milliard so‘mlik foyda olingan”,– deydi OKMK nodir va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi direktori Ilhom Asadov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Afg‘oniston prezidenti Najibulloning o‘ldirilishi, Rozett toshlarini o‘qishga muvaffaq bo‘lgan Shampolyon va Klivlenddagi ekologik falokat. Kun xronologiyasida 27-...
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar