Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga davlat tashrifining birinchi manzili — muqaddas Madina shahriga bordi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, shahzoda Muhammad bin Abdulaziz nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini Madina mintaqasi rahbarlari kutib olgan.
Qisqa suhbatdan so‘ng Shavkat Mirziyoyev musulmonlarning muqaddas ziyoratgohlaridan biri — Masjidun Nabaviyga yo‘l olgan.
Avvalroq Saudiya Arabistoni O‘zbekiston bilan 11,99 milliard dollarlik investitsiya shartnomalarini imzolagani xabar qilingandi.
Izoh (0)