Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qidiruvdagi Mercedes-Benz Actros yuk mashinasi Marg‘ilondan topildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Majburiy ijro byurosi

Foto: Majburiy ijro byurosi

Qayd etilishicha, MIBning Toshloq tumani bo‘limi tomonidan qarzdor, yakka tartibdagi tadbirkor S.Q.dan undiruvchi “Hamkorbank” ATB foydasiga 155 million so‘m kredit qarzni undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdor ogohlantirilgan. Shunday bo‘lsa-da, u bank oldidagi qarzini to‘lamay kelgan.

Davlat ijrochisi tomonidan 8-avgust kuni garov mulki bo‘lgan Mercedes-Benz Actros avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Boshqarmaning qidiruv sho‘basi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlar davomida 16-avgust kuni yuk avtomobili Marg‘ilon shahridan topilib, xatlangan.

Xatlangan avtomashinani savdoga qo‘yish jarayonida qarzdor bankdan bo‘lgan 155 million kredit qarzini to‘liq to‘lagan va ijro ishi amalda tamomlanib, transport vositasi egasiga qaytarilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin prezidentlikdan ketsa, uning lavozimiga kim da’vogarlik qilishi mumkinligi ma’lum qilindi
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi
Dunyo
Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-okta...