Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Majburiy ijro byurosining Namangan shahar bo‘limi ish yurituvidagi hujjat ijrosi bilan 6 yoshli qizaloq ona tarbiyasiga olib berildi. Bola uy ichidagi shkafdan topilgandan so‘ng onaga qaytarildi. Bu haqda “Daryo”ga MIB matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: MIB

Foto: MIB

Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2021-yil 29-noyabrdagi varaqasiga asosan qarzdor N.M. dan 2 nafar voyaga yetmagan farzandlarni undiruvchi J.O. foydasiga olib berish belgilangan. 2022-yilning 11-mart kuni olib borilgan majburiy harakatlardan so‘ng katta farzand ona tarbiyasiga olib berilgan.

Lekin qarzdor N.M. esa kichik farzandini bergisi kelmay sud hukmini ixtiyoriy bajarishdan bosh tortib, berkitib yuradi. Shundan kelib chiqqan holda boshqarma xodimlari tomonidan qidiruv e’lon qilinib, kuzatuv ishlari olib boriladi. Bu ishlar samara berib, joriy yilning 12-avgust kuni bola otasi bilan Namangan shahridagi ko‘p qavatli yashash xonadoniga kelishadi.

2022-yilning 13-avgust kuni davlat ijrochisi, boshqarma mas’ullari hamda huquqni muhofaza qilish idoralari, tegishli tashkilotlar hamkorligida yashash xonadoniga borilganda qarzdor va uning oila-a’zolari bolani bermaslik maqsadida turli bahonalarni izlashadi.

O‘rtadagi tala-to‘plardan so‘ng majburiy ijro harakat paytida bolani berishmaydi. Shundan so‘ng yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda bolani shkaf ichiga yashirib qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng, bola psixolog ko‘riklardan o‘tkazilib, ona bag‘riga eson-omon topshirildi. Shu bilan bo‘lim ish yurituvidagi hujjat ijrosi ta’minlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Putinparast raqqos Toshkentda urushga chorlovchi qo‘shig‘i uchun senzura qilinganini aytmoqda. O‘zi nima bo‘lgandi?
Dunyo
Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi