Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida korxonadan 2 milliard 650 million so‘m naqd pul undirildi. Bu haqda “Daryo”ga Majburiy ijro byurosi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Majburiy ijro byurosi

Foto: Majburiy ijro byurosi

Majburiy ijro byurosining Nurafshon shahri bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlarining hamda iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarning 89 ta ijro hujjati yuzasidan qarzdor korxonadan davlat foydasiga 2 milliard 650 million so‘m undirilishi belgilangan.

Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi va Nurafshon shahri bo‘limi xodimlari olib borgan ijro harakatlari natijasida qarzdor MCHJdan davlat foydasiga pul undirildi va hozirda ijro tamomlangan.

Avvalroq Samarqandda MIB 6 oyda 3,5 trillion so‘mlik ijro tadbirlarini amalga oshirgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi