Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2022-yilgi Barqaror rivojlanish maqsadlari hisobotiga ko‘ra, Ukrainadagi mojaro 20 millionga yaqin odamning o‘ta qashshoqlashishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: “News.un.org”

Foto: “News.un.org”

2022-yilda dunyo miqyosida kuniga 1,90 dollardan kam daromadga ega bo‘lgan kambag‘allar soni 656,7 millionni tashkil etadi. Biroq oziq-ovqat narxining ko‘tarilishi va Rossiya harbiylarining Ukrainadagi operatsiyasi oqibatlari tufayli bu raqam 676,5 million kishiga ko‘tarilishi mumkin.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning ta’kidlashicha, Rossiya-Ukraina mojarosi nafaqat oziq-ovqat, yoqilg‘i va o‘g‘it narxlarining tez o‘sishiga sabab bo‘lgan, balki ta’minot zanjiri, jahon savdosi hamda moliyaviy bozorlarda muammolarni keltirib chiqargan.

Avvalroq BMT vakili insonparvarlik yordami uchun ajratiladigan mablag‘lar 33 milliard dollar miqdorida rekord darajada kamayganini ma’lum qilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda