Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Joriy yil 17—18-avgust kunlari Toshkentda O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida tashkilotga a’zo davlatlar ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlarining to‘rtinchi kengashi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu haqda Markaziy Osiyo xalqaro instituti ma’lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, kengashda SHHTga a’zo davlatlarning ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirliklari, kuzatuvchi davlatlar va xalqaro tashkilotlar, jumladan, INTERPOL, BMTning Narkotik va jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi, MDHga a’zo davlatlar hududida uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli jinoyatlarga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish byurosi hamda MDHning Aksilterror markazi delegatsiyalari qatnashadi.

Kengash kun tartibiga ko‘ra, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash jarayonida hamkorlikni rivojlantirish, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi, terrorizm, ekstremizm va separatizm hamda transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish va boshqa masalalar muhokama etiladi.

Tadbir jarayonida delegatsiya rahbarlarining xalqaro hamkorlikni takomillashtirishga bag‘ishlangan ikki tomonlama uchrashuvlari ham rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi