Daryo

Toshkent SHHTning navbatdagi iqtisodiy forumiga mezbonlik qiladi

Forumda ishtirokchilar o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi

1 daqiqa o‘qish29 008 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Joriy yil 16—17-avgust kunlari O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida Toshkent shahrida SHHTning II Iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Dunyo axborot agentligi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) xabariga ko‘ra, forumda ishtirokchilar o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi, shu bilan birga SHHT makonida aloqalarni kengaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqadi.

Tadbirlarda, shuningdek, yalpi majlislar, sho‘ba sessiyalari, ikki tomonlama uchrashuvlar, “B2B” muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Forumning tadbirlarga boy kun tartibida raqamli iqtisodiyot, “yashil” texnologiyalar, hududlararo hamkorlik, investitsiyaviy va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, shuningdek, boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi sheriklik salohiyatini ochib berilishi kutilmoqda.

SHHT Iqtisodiy forumi nafaqat hukumatlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, balki ishbilarmon doiralar va korxonalar vakillarining o‘zaro hamkorligi, shuningdek, SHHT makonidagi hududlarga investorlarni jalb etish uchun samarali platformaga aylanishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida, birinchi forum 2021-yilning 23—24-iyun kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan.

Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar