Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2022-yilning 10-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi ijrochi kotibi Armida Alisjabana bilan onlayn shaklda muzokaralar o‘tkazdi.

A.Alisjabana O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni, yangi hududlararo transport yo‘laklarini yaratish, Janubiy Osiyo va boshqa mintaqalar bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlashdagi faol ishtiroki uchun minnatdorlik bildirdi.

Respublika rahbariyatining Afg‘onistonni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga qo‘shish borasidagi sa’y-harakatlari xalqaro hamjamiyatning yuksak bahosiga munosib ekani ta’kidlandi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Osiyo va Tinch okeani bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi o‘rtasidagi hamkorlikning aniq yo‘nalishlari, komissiyaning bo‘lajak xalqaro tadbirlarida O‘zbekiston vakillarining ishtiroki muhokama qilindi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahrida BMT shafeligida Transport va kommunikatsiyalarning o‘zaro bog‘liqligini rivojlantirish mintaqaviy markazini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusini yanada targ‘ib qilish va amaliy hayotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratildi.

A.Alisjabana joriy yilning sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etishini tasdiqladi, Uning doirasida Osiyo va Tinch okeani bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi va SHHT o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolanishi rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi