Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Markaziy bank 2022-yilning 1-avgust holatiga kredit axborotining davlat reestriga kiritilgan banklarning mijozlari va ularning kredit shartnomalari bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi.

Foto: Markaziy bank

Foto: Markaziy bank

Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi banklardan kredit shartnomalari bo‘yicha qarzdorlar soni qariyb 3 mln nafarni tashkil etdi. Bunda: 

  • 158,8 mingtas tadbirkorlik subyektlari; 
  • 2,8 mln nafar esa jismoniy shaxslar hisoblanadi.

Umumiy shartnomalar soni esa 3,6 milliontani tashkil qiladi. Bunda shartnomalarning 203 mingtasi kompaniyalar bilan, 3,4 milliontasi esa oddiy aholi bilan tuzilgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p kredit shartnomalari qayd etilganlari quyidagilar:

  • Toshkent shahri — 805 ming dona;
  • Farg‘ona viloyati — 290 ming dona;
  • Toshkent viloyati — 276 ming dona;
  • Andijon viloyati — 254 ming dona;
  • Namangan viloyati — 243 ming dona.

Eng kam kreditlar Sirdaryo (112 ming) va Jizzax viloyatida (150 ming) qayd etilgan. 

O‘zbekiston bo‘yicha kreditlarning deyarli barchasi milliy valyutada berilmoqda. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi