Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eron rasmiylari yozuvchi Salmon Rushdiyga suiqasd uyushtirilgani bo‘yicha ilk bor o‘z izohini berdi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “Meduza”nashri xabar bermoqda.

Foto: “Currenttime.tv”

Foto: “Currenttime.tv”

Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Nosir Kanani Chafi 15-avgust kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shunday dedi: “Suiqasd bilan bog‘liq vaziyatda biz Rushdiy va uning tarafdorlaridan boshqa hech kimni aybdor yoki qoralanishga loyiq deb hisoblamaymiz, hech kimni Eronni ayblashga haqqi yo‘q”.

Shuningdek, Eron tashqi ishlar vazirligi vakili, hodisa haqida ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘lgan xabarlardan boshqa hech qanday ma’lumot yo‘qligini aytdi.

Eslaltib o‘tamiz, 12-avgust kuni Nyu-York shtatidagi Chautauqua institutida Rushdiga 24 yoshli Hadi Matar ismli shaxs pichoq bilan hujum qilgan edi. Hozirda 75 yoshli yozuvchi og‘ir jarohat olib, shifoxonada yotibdi. Hujumchi voqea joyida qo‘lga olingan, biroq u o‘z aybini tan olishdan bosh tortmoqda.

Mavzuga doir: Rossiya Davlat dumasi yozuvchi Rushdiyga qilingan hujumga izoh berdi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi