Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda jadal o‘sib borayotgan yo‘lovchilar oqimi ta’sirida aeroportlar avtomatlashtirilmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qildi.

Qayd etilishicha, aeroport faoliyatining asosiy jarayonlarini raqamlashtirishni talab qiladi. Biroq IT infratuzilma yaratmasdan turib ixtisoslashtirilgan tizimlarni joriy etishning iloji yo‘q. Shu sababli respublika aeroportlari uchun 500 ta yangi kompyuter, ro‘yxatga olish ustunlari uchun 98 ta printer, 160 ta kommutator va kirish shlyuzlari, 2170 ta IP telefonlar, tarmoq uskunalari bilan jihozlangan 4 ta yuqori darajadagi serverlar, litsenziyalangan virusga qarshi va server dasturlari xarid qilingan. Internetga yuqori tezlikda kirish uchun 16 km optik tolali simlar o‘tkazilgan.

Bundan tashqari, yil davomida aeroportlarda Enterprise toifali korporativ pochta xizmati, IP telefoniya tizimi, fayllarni saqlash va almashish xizmati, uskunalar monitoringi va chop etishni boshqarish tizimi, markazlashtirilgan antivirus tizimi va serverlarda ikki faktorli avtorizatsiya tizimi joriy etilgan. Aeroportlar o‘rtasida tarmoq infratuzilmasi qurilgan va yangi umumiy foydalanish platformasi CUPPS (Common Use Passenger Processing System), aeroportda yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish va havo kemalarini markazlashtirish bo‘yicha yangi tizimlar joriy etilgan.

Infratuzilma tayyor bo‘lgach “Uzbekistan Airports” mutaxassislari mamlakat xalqaro aeroportlarini yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim IT va dasturiy ta’minot tizimlarini bosqichma-bosqich joriy etishga kirishgan. Ayni paytda aeroportda operatsion ma’lumotlar bazasi AODB (Airport Operational Database) tizimi, aviakompaniyalar bilan slotlarni muvofiqlashtirish va jadvalni yaratish uchun Slot (Slot Management System) tizimi va yo‘lovchilarga ma’lumotlarni vizual yetkazuvchi FIDS (Flight Information Display Systems) tizimi joriy etilgan.

AODB tizimi ko‘p sonli tashuvlarni, shu jumladan, transferlarni xavfsiz va samarali boshqarish imkonini beradi. Har kuni o‘nlab aeroport xizmatlari tizimni ma’lumotlar bilan to‘ldirib, barcha aeroportlar uchun yagona ma’lumotlar bazasini shakllantiradi. Unda har kuni havo kemalarining barcha uchish va qo‘nishlari, ro‘yxatdan o‘tish va bortga chiqish vaqti, yo‘lovchilar va bagajlar soni, xizmat ko‘rsatishda qatnashgan texnikalar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘planib boradi. Ilgari shu kabi ma’lumotlar qog‘oz shaklida bir muncha xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan. AODB asosida Slot va FIDS quyi tizimlari o‘rnatilgan. Slot-koordinatsiya tizimi avtomatik ravishda parvozlar jadvalini — kelish va jo‘nash vaqtlarini yaratadi. FIDS tizimi AODB va SLOT bilan integratsiyalashgan holda yo‘lovchilar uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni aeroport terminallaridagi tablolarda aks ettiradi.

Ta’kidlanishicha, ayni paytda DLP (Data Leak Prevention) va SIEM (Security information and event management) xavfsizlik tizimlarini, bagajni yuklashni boshqarish tizimini BRS (Baggage reconciliation system), RMS (Resource Management System) resurslarni boshqarish va tarqatish tizimi, ro‘yxatga olish tizimi, avtoturargoh tizimi, yo‘lovchilarni avtomatik xabardor qiluvchi Voice Announcement tizimi, bortga chiqish uchun elektron talonni qayta ishlash tizimi, self-gate, drop-off, self-check-in, shuningdek, mehmonlar uchun bepul Wi-Fi tizimlarini aeroportda joriy etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ushbu tizimlar barcha aeroportlarda bir vaqtning o‘zida joriy etilmoqda, bu esa ishga tushurish va qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini kamaytiradi, ekspluatatsiya va xizmatlar sifatini oshiradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi