Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrida 13-avgust, shanba kuni professional boks kechasi o‘tkazilmoqda.

Foto: “Olamsport”

Foto: “Olamsport”

Lift promotions tomonidan tashkil etilgan boks kechasining dastlabki qismida O‘rta chempionligi yo‘lida turnir o‘tkazildi. Mazkur boks kechasida musobaqaning chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki jangda qozog‘istonlik Dilshad Nurim 3-raundda qirg‘izistonlik raqibi Dastanbek Imankaziyevni nokautga uchratdi.

Qolgan uch bellashuvda o‘zbekistonlik o‘zaro bellashdi. Farrux Arslonov olti raund kechgan jangda Temur Abdurahmonov ustidan ochkolar evaziga zafar quchdi.

Shohruh Kenjayev prof boksdagi debyut jangini Abbosxon Yo‘ldoshevga qarshi o‘tkazdi. Bu jang ham olti raund to‘liq davom etdi va Kejayev hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi.

Yana bir jang Mujibullo Tursunov va Rahmatilla Sharifov o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda professional boksdagi debyutini o‘tkazgan Tursunov ochkolar evaziga g‘alaba qozondi.

Shu tariqa g‘olib bo‘lgan bokschilar yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Yarim final bahslari oktabr oyida bo‘lib o‘tadi, final esa dekabr oyiga mo‘ljallangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi