Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78
12-avgust kuni Ukrainaga 522 nafar harbiyning jasadlari qaytarib berildi, ular bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida bo‘lgan. Zaporojye viloyatining Rossiya nazorati ostidagi hukumati muntazam zarbalarga uchrayotgan Zaporojye AES vaqtincha to‘xtatib qo‘yilishi mumkinligini ma’lum qildi. “BBC rus xizmati hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya hukumati Ukrainadan qochqinlarni qabul qilishga 10 milliard rubldan ortiq xarajat qilgan bo‘lishi mumkin. Ukraina AQSHdan Rossiyaning xususiy banklariga qarshi sanksiyalar kiritishni so‘radi. Meduza urushning 170-kuniga oid asosiy fotosuratlar bilan bo‘lishdi.

Zaporojye viloyati

Zaporojye viloyatining Berdyansk shahri chekkasidagi bilbord (Rossiya Mudofaa vazirligi tashkillashtirgan matbuot turi chog‘ida suratga olingan). 8-avgust kuni qisman bosib olingan Zaporojye viloyatining “yangi ma’muriyati” rahbari Yevgeniy Balitskiy mintaqada Rossiya bilan “qayta birlashish” haqida “referendum” bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Referendum sentabrda o‘tkazilishi taxmin qilinmoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy aytishicha, agar “referendumlar” bo‘lib o‘tsa, Ukraina Rossiya bilan muzokaralar g‘oyasidan butunlay voz kechadi

Foto: EPA

Xarkov

Xarkovda ukrain harbiy xizmatchilar “Grad” baravar o‘t ochish reaktiv tizimini tayyorlamoqda, uning yordamida Rossiya pozitsiyalariga zarbalar beriladi

Foto: Anadolu Agency

“Grad” baravar o‘t ochish reaktiv tizimi Xarkov viloyatidagi Ukraina pozitsiyalarida

Ukraina qurolli kuchlari xodimlari “Grad” orqali Xarkov viloyatida Rossiya pozitsiyalariga zarbalar bermoqda

Donbass shimoli

Donetsk viloyatidagi Konstantinovka shahrida avtomobilga yonilg‘i quyish stansiyasi xodimi gaz ballonini to‘ldirmoqda. Qum solingan qoplar zarbalar chog‘ida stansiyani yong‘indan himoya qiladi. Avgust boshida Ukraina tomoni shahar tunda o‘qqa tutilishi oqibatida ko‘p qavatli turar joylardan biridagi podyezd qulab tushgani, bir ayol jabrlangani, vayronalar ostidan esa yetti kishi chiqarib olinganini ma’lum qilgandi. Keyinroq qurilish litseyi korpusiga zarbalar berilgan — ikki kishi halok bo‘lib, to‘qqiz kishi shikastlangan

Foto: Reuters

Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xodimi Donetsk viloyatidagi Baxmut shahri o‘qqa tutilganidan keyin yaralangan ayolga yordam bermoqda. Ukraina Bosh shtabi xabar berishicha, Baxmutda rossiyaliklar Pokrovskoye — Baxmut, Vidrodjennya — Vershina, Uglegor TES — Zaysevo yo‘nalishlarida hujum harakatlarini olib borgan. Hech bir yo‘nalishda ular muvaffaqiyatga erishmagan va chekingan

Hujum chog‘ida yaralangan Baxmut fuqarosiga birinchi yordam ko‘rsatilmoqda

Baxmutliklar shahar o‘qqa tutilganidan keyin

Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xodimlari yaralangan baxmutlik tashib keltirilgan zambildan qon yuqini tozalamoqda

Baxmut ko‘chalaridan birida zarbalar oqibatlari

Foto: Instagram

Baxmut

Baxmut
Foto: Instagram

Kramatorsk fuqarolari Rossiya zarbalari oqibatida zarar ko‘rgan uyi yonida

Kramatorsk fuqarolari Rossiya zarbalari oqibatida zarar ko‘rgan uyi yonida
Foto: Reuters

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)