Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida ochiqda yurgan ikki nafar mahkum belgilangan tartibga amal qilmay, jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagani uchun qamoqqa olindi. Bu haqda “Daryo”ga Shahrisabz tuman IIB Probatsiya guruhi katta inspektori mayor Bahodir Jo‘rayev xabar berdi.

Foto: Shahrisabz tuman IIB

Foto: Shahrisabz tuman IIB

Ta’kidlanishicha, bugun, 12-avgust kuni Shahrisabz tumanida Probatsiya guruhi nazoratida, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoiy jazolarni o‘tayotgan shaxslar ishtirokida sayyor sud majlisi o‘tkazilgan.

Foto: Shahrisabz tuman IIB

Foto: Shahrisabz tuman IIB

Unda Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudi raisi Fazliddin Choriyev tomonidan mahkumlarga kelgusida takroriy jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etmasliklari, sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘tash tartib-qoidalariga qat’iy amal qilishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan.

Foto: Shahrisabz tuman IIB

Foto: Shahrisabz tuman IIB

Shuningdek, sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab kelayotgan ikki nafar nazoratdagi shaxs — axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan A.T. va ozodlikni cheklash jazosini o‘tashi belgilangan I.M.larning o‘talmagan jazo muddatlari sud majlisida ko‘rib chiqilib, mazkur sudning ajrimiga asosan ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan.

Foto: Shahrisabz tuman IIB

Foto: Shahrisabz tuman IIB

“Ushbu sud jarayonida sodir qilgan jinoyatidan chin ko‘ngildan qattiq pushaymonda bo‘lgan, qilmishining oqibatlarini tushunib yetib axloqan tuzalish yo‘liga kirgan va tayinlangan jazoni o‘tash majburiyati, cheklovlariga to‘liq amal qilgan ozodlikni cheklash jazosini o‘tab kelayotgan uch nafar shaxs — K.A., B.A. va Sh. U.lar Jinoyat kodeksining 73-moddasi tartibida o‘talmagan jazo muddatlaridan shartli ravishda ozod etildi”, — deydi Bahodir Jo‘rayev.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Dunyo
Greta Tunberg to‘rtinchi bor tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi