Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2023-yil 1-yanvardan e’tiboran O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslar kripto-aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali amalga oshirishadi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi sohasining normativ-huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Internet tarmog‘idagi axborot resurslarini monitoring qilish jarayonida O‘zbekiston fuqarolariga kripto-aktivlar bilan savdolarni amalga oshirish va (yoki) ayirboshlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, mamlakat hududida xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan turli elektron platformalar faolligi oshib borayotgani aniqlangan.

“Istiqbolli loyihalar milliy agentligi O‘zbekiston hududida faoliyat yuritish uchun o‘rnatilgan tartibda litsenziyaga ega bo‘lmagan elektron platformalar xizmatlaridan foydalanmaslikka va ehtiyot choralarini ko‘rishlariga, shu jumladan, shaxsiy ma’lumotlarni sizib chiqishi natijasida ma’lumotlarning firibgarlar tomonidan foydalanishga olib kelishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiradi.

Shuningdek, kripto-aktivlar bilan bog‘liq savdolarini amalga oshirayotgan yoki xizmatlarni tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda yoki noqonuniy maqsadlarda, firibgarlik uchun taklif etayotgan kompaniyalar haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, Sizdan tegishli ma’lumotlarni fraud@napm.uz elektron manziliga yuborishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Qatarlik investorlar “Manchester Yunayted”ni sotib olishga jiddiy kirishgan. Bu ularga 8 mlrd funtdan ko‘proqqa tushishi mumkin
Dunyo
Kim Chen In qizi va rafiqasi bilan armiya komandirlarining qarorgohiga tashrif buyurdi (foto)
Mahalliy
BMT Termizdan Afgʻonistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini joʻnatdi