Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kriptovalyuta bozori “sovuq qish”ni boshdan kechirmoqda – bitkoin va boshqa aktivlar narxi keskin tushib, uzoq muddatli rekordlarni yangiladi.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

O‘zbekistonda kriptovalyutalar bilan bog‘liq vaziyat qanday? Ular bilan nima qilsa bo‘ladi yoki aksincha – “Daryo” sharhida.

Mayning qilish mumkin, lekin kompaniyalarga

May oyining boshida O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga kriptovalyuta mayningi bilan shug‘ullanish taqiqlandi.

Endidan mayning faqat kompaniyalar tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Mayning uchun yagona elektr energetika tizimiga ulangan holda elektr energiyadan foydalangan taqdirda:

  • iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovchilar belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar o‘suvchi koeffitsiyentga muvofiq to‘lanadi;
  • tig‘iz davrda iste’mol qilingan elektr energiya uchun tegishli tariflar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ustamalar qo‘llaniladi;
  • iste’mol qilingan elektr energiyasining hisobi alohida hisoblagich o‘rnatilgan holda yuritiladi.

Bu faoliyat turi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) tomonidan majburiy ro‘yxatdan o‘tkaziladi va litsenziyalanadigan faoliyat turiga kirmaydi. 

Mayning bilan shug‘ullanuvchi shaxslar (maynerlar) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari shart. 

Maynerlarni ro‘yxatdan o‘tkazish faqat internet tarmog‘i orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.

Sotib olish imkoniyati paydo bo‘ldi

2021-yil noyabr oyida O‘zbekiston fuqarolariga kriptovalyutani nafaqat sotish, balki sotib olishga ham ruxsat berildi.

Bundan keyin Uznex kriptobirjasida so‘mda hisobni to‘ldirish va yechib olish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Uznex — O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi birinchi qonuniy kriptobirja. U 2020-yilning yanvar oyida ochilgan.

ILMA’ga ko‘ra, kriptobirjaning ochilishi yangi IT yechimlar joriy qilinishidan tashqari, 1,5 million dollardan ortiq to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi va 25 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlagan.

Yanvar oyida birjada bank hisobi orqali funksionallik mavjud edi. Keyinchalik Uzcard va Humo orqali ham hisobni to‘ldirish va yechib olish imkoniyati yo‘lga qo‘yilishi kutilgan edi. 

Lekin iyun oyida kriptobirjada so‘m orqali har qanday faoliyat turi vaqtinchalik to‘xtatilgangani haqida ma’lumot bor.

Foto: Uznex

Foto: Uznex

Uznex menejerining “Daryo”ga ma’lum qilishicha so‘mdagi faoliyat iyul oyida qayta tiklanishi kutilmoqda. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda Uzcard va Humo orqali hisobni to‘ldirish yoki uni yechib olish ham mumkin bo‘ladi. 

Pul vositasi sifatida ishlatish mumkin emas

O‘zbekistonda kriptovalyutalar bilan to‘lovlarni amalga oshirish qonuniy ravishda taqiqlangan. 

“Kriptoaktivlardan O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov yoki to‘lov vositasi sifatida foydalanish mumkin emas”, — deyiladi ILMA direktorining buyrug‘ida.

Markaziy bank vakillariga ko‘ra, bitkoin va boshqa kriptovalyutalar O‘zbekistonda hali beri to‘lov vositasi sifatida foydalanilmaydi. Sabab — kriptovalyuta hech narsa bilan kafolatlanmagan.

Timurmalik Elmuradov
Muharrir:

Timurmalik Elmuradov

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi