11-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Buxoroda “ko‘cha bolalari” paydo bo‘libdi bu voqea bo‘yicha ma’lumotlar to‘planmoqda va tez orada batafsil xabar beramiz. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bu “ko‘cha bolalari”ni o‘rnini ko‘rsatib qo‘yishlariga ishonchimiz komil” sarlavhasi ostida videolavha joylashtirildi.
Videolavhada aks etgan holat hodisa sodir bo‘lgan vaqtning o‘zidayoq Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida tegishli tartibda qayddan o‘tkazilgan.
Hodisa sodir bo‘lgan joy, vaqt va ishtirokchilarning shaxsiga aniqlik kiritilgan holda Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Izoh (0)